Kompaniya haqida

Bohnenkamp shinalar, g'ildiraklar, disklar, kameralar va professional foydalanish uchun boshqa butlovchi qismlar dunyosidagi ishonchli hamkoringizdir.


Transport vositalari uchun ehtiyot qismlar savdosi bo'yicha mintaqaviy kompaniya sifatida tashkil etilgan Bohnenkamp Group bugungi kunda butun Yevropa bo'ylab professionallarni harakatga keltirmoqda. Shu bilan birga, biz kichik oilaviy korxona ruhini saqlab qolishga harakat qildik. Keng qamrovli maslahatlar, ishonchli servis va mijozlar bilan jonli aloqa har doim bizning e'tiborimiz va faoliyatimizning markazida bo'lib kelgan.

 Mahsulotlarimiz assortimenti shinalar, disklar, kameralar, komplekt g'ildiraklar va qishloq va o'rmon xo'jaligi, tog'- kon sanoati, qurilish, yuk tashishda ishlaydigan texnika, shuningdek boshqa maxsus texnika uchun bo'lak butlovchi qismlarni o'z ichiga oladi.

Ulgurji savdo kompaniyasi sifatida biz 100 foiz ixtisoslashgan dilerlar va texnika ishlab chiqaruvchilarga tayanamiz. Bizning ekspertlarimiz ham alohida foydalanuvchilar, ham texnika katta parkining egalarini maslahat berish bilan qo'llab-quvvatlashadi, shuningdek mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchilari uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishda maxsus yechimlarni ishlab chiqishda yordam beradi.

Turli sohalardagi dilerlar va texnika foydalanuvchilari bilan doimiy muloqot orqali biz yangi talablarga tez va moslashuvchan javob bera olamiz. Shu asosda biz o'z assortimentimizni doimiy ravishda kengaytiramiz va servisimizni turli sohalarda rivojlantiramiz.

Bir necha o'n yillar davomida mintaqaviy savdo korxonasidan Yevropaning yetakchi savdo guruhigacha bo'lgan yo'l bosib o'tildi.

В 1950 году Фридель Боненкамп основал в Оснабрюке предприятие, занимающееся торговлей комплектующими для транспортных средств1950-yilda Fridel Bohnenkamp Osnabryukda transport vositalari uchun butlovchi qismlar savdosi bilan shug'ullanadigan korxona tashkil etdi. Shunday qilib, u Bohnenkampni mintaqaviy savdo korxonasidan professional foydalanish uchun shinalar va g'ildiraklar sohasida yetakchi umumyevropa ISO standarti bo'yicha sertifikatlangan kuchli savdo guruhiga aylantirgan rivojlanish jarayonini boshlab berdi.

Atter sanoat mintaqasidagi mavjud joyga ko'chib o'tgandan beri Bohnenkamp doimiy ravishda rivojlanib bordi. Germaniya va Yevropada yangi joylashuvlar va filiallar paydo bo'lishi bilan joylarda optimal xizmat ko'rsatishni ta'minlaydigan kuchli logistika tarmog'i yuzaga keldi.

2008-yilda Friedel & Gisela Bohnenkamp Stiftung jamg'armasi tashkil etilishi bilan Bohnenkamp mintaqadagi odamlar uchun tobora ortib borayotgan jamoat mas'uliyatini o'z zimmasiga oladi. Jamg'arma Osnabryuk mintaqasida innovatsion ta'lim loyihalarini boshlaydi va qo'llab-quvvatlaydi hamda Bohnenkamp Group ning asosiy aksiyadori hisoblanadi.

2012-yilda Osnabryukda yangi logistika markazining ochilishi va uni butun guruh uchun asosiy logistika markaziga aylantirish bizning muvaffaqiyat tariximizning muhim bosqichi bo'ldi. Uning eng yangi bosqichi Shimoliy va Sharqiy Yevropa bozorlarining ochilishi bo'ldi — 2016-yilda STARCO guruhi savdo biznesining qabul qilinganligi tufayli biz kelajakka navbatdagi muhim qadamni qo'ydik.

Standart mahsulotlardan tortib maxsus individual ishlanmalargacha bo'lgan maxsus texnika sohasi - bu bizning sevikli ishimiz.

Ko'p yillar davomida biz dunyodagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qildik. Shunday qilib, bizning mijozlarimiz har qanday ehtiyojni qondiradigan mos mahsulotni topish imkoniyatiga ega.

Gap shinalar yoki komplekt g'ildiraklar, kameralar yoki boshqa butlovchi qismlar, standart mahsulotlar yoki yangi texnika uchun maxsus ishlanmalar haqida bo'ladimi yoki yo'qmi muhim emas — bizning barcha mahsulotlarimiz sifat va ishonchlilik, ekspluatatsiya qilishning uzoq uddati va tejamkorligi bilan ajralib turadi. Biz sheriklarimiz sifatida maxsus texnika ishlab chiqaruvchilarini qo'llab-quvvatlaymiz va ularga ISO sertifikatiga ega OEM sifat yechimlarini taklif etamiz.


Ishlanmadan tortib, kichik yoki katta hajmdagi mahsulotlarni o'z vaqtida yetkazib berishgacha — barcha bosqichlarni o'z ichiga olgan servisimiz —har doim mijozlarimiz tomonida. Bu bizning butlovchi qismlarni yetkazib berish servisimizga ham tegishli. Biz ma'lum bir texnika va g'ildiraklar uchun alohida o'q komponentlaridan tortib treylerlar va maxsus mashinalar uchun tayyor uzellargacha — maxsus moslashtirilgan komponentlarni yetkazib beramiz.

Vakolatli, ishonchli tarzda, sheriklik darajasida. Xodimlarimizning tajribasi va ishtiyoqi siz uchun ishlaydi.

Bizning savdo va mijozlarga xizmat ko'rsatish jamoalarimiz boy amaliy tajribaga ega va keng qamrovli yechimlarni topishda qat'iyatli. Korxonaning aniq tuzilmasi va to'g'ridan-to'g'ri qaror qabul qilish yo'llari bilan ular har doim mas'uliyatni o'z zimmalariga olishga va mijozning ehtiyojlariga tezda javob berishga tayyor.

Наши команды продаж и клиентского сервиса обладают богатым практическим опытом и упорны в поиске комплексных решений

Bizning sertifikatlangan ta'lim dasturimiz va doimiy amaliyotimiz xodimlarimizga yanada takomillashtirish imkoniyatini ta'minlaydi va ham professional tarzda, ham shaxs sifatida rivojlanish imkonini beradi. Korxonamizda ishlashning davomiyliligi biz tanlagan yo'lning to'g'riligidan darak bermoqda.

Bizning ekspertlarimizni qo'llab-quvvatlash - bu onlayn-do'kon va ilova hisoblanadi, ular tufayli mijozlar mahsulotlarning to'liq assortimenti va barcha texnik ma'lumotlarga tunu kun kirish foydalanish imkoniga ega.

Kerakli vaqtda kerakli mahsulot. Zamonaviy ombor tizimi va transport logistikasi ishonchli yetkazib berishni kafolatlaydi.

Bohnenkamp mijozi sifatida siz eng keng turdagi mahsulotlarning mavjudligi va ishonchli yetkazib berishni kutishingiz mumkin. Omborda milliondan ortiq tovar pozitsiyalari, Yevropa bo'ylab 130 000 m² ombor maydoni, shuningdek ombor va transport logistikasining zamonaviy shaxobchalarga bo'linib ketgan tarmog'i bilan biz har doim mahsulotlarni o'z vaqtida belgilangan manzilga yetkazib beramiz.


Bizga har kuni dunyoning turli burchaklaridan har yili 85000 tonnadan ortiq tovarlar keladi. Buyurtma qilingan mahsulotlar omborga kelib tushishidan so'ng darhol mijozlarimizga taqdim etiladi.

O'z yig'ish liniyalarimizda aravalar uchun oddiy g'ildiraklardan tortib traktorlar uchun kuchli g'ildiraklar va sanoat va yirik o'lchamli texnika uchun zichlash halqalari bilan g'ildiraklargacha biz har kuni 3 dan 52 dyuymgacha bo'lgan o'tqazish diametri bilan 950 tagacha g'ildiraklarni tez va professional tarzda yig'amiz. Flotatsiyaviy shinalar bozorida biz Yevropada yetkazib beriladigan barcha g'ildiraklarning to'liq optimallashtirilgan yig'ilishini taklif qiladigan yagona yetkazib beruvchimiz.

Natijada, bizning ombor tizimimiz, yetkazib berish bo'yicha sevis va ishonchli logistika kompaniyalari bilan hamkorlik tufayli biz mahsulotlarni aniq va tez - odatda ertasi kuni yetkazib berish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratamiz.

Biz qilayotgan har bir narsada biz uchun birinchi o'rinda har doim mijozlarimiz — dilerlar va texnika ishlab chiqaruvchilarning muvaffaqiyati turadi. Bugun va kelajakda.

Bohnenkamp o'z faoliyatida har doim ekspert bilimlari, tajribasi, hamkorlik va mijozlarimizning ehtiyojlari va ishlab chiqarish muhitini chuqur tushunishga tayanadi.

Bizning sheriklarimiz - shinalar dilerlari, qishloq xo'jaligi va boshqa maxsus texnika yetkazib beruvchilari, servis markazlariga biz barcha zarur narsa: mahsulotlarning keng assortimenti, omborlarda mavjudligi, servisning yuqori darajasi, shaxsiy maslahatlar, individual yechimlar va o'z vaqtida yetkazib berishlarni taklif qilishga tayyormiz.

Texnika ishlab chiqaruvchilarga biz texnik hujjatlarni ishlab chiqish va rasmiylashtirishdan tortib, buyurtmachiga tovarlarni o'z vaqtida yetkazib berishgacha bo'lgan barcha bosqichda o'z maslahatchilar guruhimizning kuzatib borishini taqdim etamiz. Sifatli menejment va ISO standarti bo'yicha sertifikatlangan vakolatxonalarimiz bilan biz har bir bosqichda barcha mijozlar uchun yuqori darajadagi xizmat ko'rsatish standartini kafolatlaymiz.