BKTda ishlab chiqarilgan: AGRIMAX TERIS - kuchli yig'im-terim texnikalari uchun shinalar

Zamonaviy yuqori quvvatli yig'im-terim texnikalari ekinlarga zarar bermasdan og'ir uskunalar va og'ir yuklamalarga bardosh bera oladigan shinalarga muhtoj. BKT kompaniyasi sizning hosilingizni oshirishga yordam beradigan eng yangi texnologiyalarga asoslangan radial shinalarni taklif qilishga tayyor. AGRIMAX TERIS — har qanday qishloq xo'jaligi operatsiyalarida ideal yordamchi.

ВAjoyib tortish tavsifnomalari va yuqori yuk ko'tarish qobiliyati — bu barcha yig'im-terim ishlarida eng yaxshi ko'rsatkichlarni ta'minlaydigan shinalarning ana shunday asosiy xususiyatlari. Yon devorning maxsus himoyasi va kuchaytirilgan yelka zonasi, hatto qiyin sharoitlarda ham, maydonda o'rilgan joyda qolgan cho'kirtak poyalar borligida ham mustahkamlikni oshiradi va shu bilan xizmat qilish muddatini oshiradi.

Ushbu shina nima uchun yaratilgan edi?

Agrimax Teris – bu maxsus belgilanishdagi radial shina. U yig'im-terim kombaynlari, o'g'it sochish mashinalari va maxsus paxta terish kombaynlari uchun loyihalashtirib chiqilgan. Agrimax lineykasining boshqa barcha shinalari singari, Agrimax Teris shinalari ham juda kuchli kombaynlar, katta maydonlar va yuqori yuklamalar uchun konstruktsiyalangan.


Afzallik nimada?

Texnika va tashiladigan yuk qanchalik og'ir bo'lsa, tuproq shunchalik ko'p aziyat chekadi. Ammo bu har doim ham to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikda bo'lmaydi. Biz buni bilamiz, shuning uchun biz yuqori yuklamani ko'tarishi mumkin bo'lgan, ammo o'simliklarga zarar yetkazmaydigan shinalarni ishlab chiqdik. Va bu hosil saqlanib qolishini anglatadi. Va bu shinalarning nomi - Agrimax Teris. Keling, ushbu shinalarning kuchli tomonlarini ko'rib chiqaylik:

  • To'liq yuklamada va tuproqning har qanday holatida mukammal matashish. Bu protektorning alohida naqshi va g'ildirak o'z-o'zini tozalashining yaxshilangan xususiyatlarii bilan ta'minlanadi;

  • 1050/50R32 o'lchami uchun 184 yuklama indeksiga ega o'ta yuqori yuk ko'tara olish qobiliyati. Boshqacha qilib aytganda - har bir g'ildirak uchun roppa-rosa 8 tonna;

  • Tuproqning pasaygan zichlanishi: kontaktning katta dog'i hisobiga vaznning bir tekis taqsimlanishi yuz beradi, flotatsiyaviy imkoniyatlari yaxshilanadi. Va bu sizning hosilingizning asosiy dushmani bo'lgan zichlanishni jiddiy ravishda kamaytiradi;

  • Deformatsiyaga qarshilik va mustahkamlik: yelka zonasi va karkasning kuchaytirilgan konstruktsiyalari nafaqat harakatning barqarorligiga, balki begona narsalar, ildizlar va o'rilgan joyda qolgan cho'kirtak poyalardan teshilish va har qanday turdagi ta'sirlarga qarshilik ko'rsatuvchanlikni oshirish uchun ham ishlaydi. Bu haqiqatdan ham shinaning xizmat qilish muddatini oshiradi.

  • Qulay boshqaruv va haydash: operatsiyani bajarish davomida kombaynchi silkinish va zarbalardan katta yukni boshdan kechiradi. Bizning holatimizda esa shina muhim rol o'ynaydi, chunki u silkinishni kamaytirishi mumkin, bu esa o'z navbatida kombayn operatori uchun boshqaruvchanlik va qulaylikni yaxshilaydi.

IF ijrosidagi Agrimax Teris shinasining versiyasi

Agrimax Terisning ekspluatatsiyaviy xususiyatlarini yanada yaxshilash uchun BKT kompaniyasida IF ijrosidagi ba'zi namunaviy o'lchamlarni ishlab chiqishdi. Bu paxta plantatsiyalarida foydalanish uchun maxsus tarzda qilingan.

IF texnologiyasi haqida gapirganda, biz shinaning havoning pasaygan bosimida p (bir xil o'lchamdagi standart shinalar bilan solishtirganda) og'ir yuklamalarga bardosh berish qobiliyatiga ishora qilamiz. Kamroq bosim kamroq zichlanishni va ko'paygan hosildorlikni anglatadi: bu har bir fermerning orzusi!

IF ijrosidagi yangi Agrimax Teris shinasi paxta terish mashinalari operatorlarining ehtiyojlariga javob beradi, ular katta kontakt dog'I bilan ildiz hamda o'rilgan joyda qolgan cho'kirtak poyalarga chidamli, mukammal yuk ko'tarish va flotatsiyaviy qobiliyati va minimal tuproq zichlanishi bilan shinalarni olishni xohlashadi.

Agrimax Teris shinasi ushbu talablarga to'liq javob beradi. Uni o'z dalalaringizda sinab ko'ring!

Типоразмеры шины Agrimax Teris

Namunaviy o'lchamlari Qo'llanilishi Tezlik / yuklama indeksi Tavsiya etilgan disk kengligi Diskning mumkin bo'lgan kengligi Shinalarning kengligi (SW) Shinaning umumiy diametri (OD) Yuklama ostidagi radius (SLR) Tebranish doirasi (RC) SRI Turi
620/75R26 CHO STANDARD 166A8/B DW208   625 1590 730 4851 750 TL
750/65R26 CHO (28LR26) STANDARD 171A8/B DW258 DW23B 764 1636 713 4908 750 TL
750/65R26 CHO (28LR26) STANDARD 166A8/B DW25В DW23B 764 1636 713 4908 750 TL
710/55R28 CHO STANDARD 164A8/B DW23В   716 1493 663 4442 700 TL
620/75R30 CHO STANDARD 168A8/B DW20B   625 1692 779 5169 800 TL
1050/50R32 CHO STANDARD 184A8/181В 36.0VA   1059 1893 840 5685 875 TL
650/75R32 CHO STANDARD 172A8/B DW21В DW20B; DW23B 670 1795 816 5378 850 TL
800/65R32 CHO (30.5LR32) STANDARD 178A8/175B DW27В DW25В; DH27В 818 1853 838 5551 875 TL
900/60R32 CHO STANDARD 185A8/182В DW27В DW28В; DW30В 886 1910 875 5775 900 TL
900/60R32 CHO STANDARD 181A8/178B DW27В DW28В; DW30В 886 1910 875 5775 900 TL
IF710/75R32 CFO STANDARD 183A8/B DW25В DW23B 716 1879 851 5653 875 TL
IF580/80R34 CFO STANDARD 177D DW20В; DW20A DW21A; DW21В 586 1792 810 5422 850 TL
IF710/75R34 CFO STANDARD 184A8/B DW25В   716 1930 870 5852 900 TL
520/85R42 STANDARD 168D DW16L W15L; DW15L; DD16L; W16L; DD18L; DW18L; W18L 516 1951 890 5851 925 TL