Oshirilgan ko'tarib turish qobiliyati (55% gacha) va sirt bilan kontakning katta maydoni: CFO markalashi bilan shinalar fermerlarga tuproqqa zarar yetkazmasdan o'z ishlarini yanada samarali bajarishga imkon beradi.
Seren'o (Italiya), 2023-yilning 7-fevrali. Tuproqning zichlanishini kamaytirish hosil yig'im-terimining natijalari va sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu ma'lum fakt. Shu sababli, qishloq xo'jaligi texnikasi va ixtisoslashgan shinalar ishlab chiqaruvchilari iqtisodiyot va ekologiya nuqtai nazaridan barqaror qishloq xo'jaligini yaratishga intilib, ushbu yo'nalishda rivojlanishda davom etmoqdalar.
Bugungi kunga kelib, tuproqni zichlash muammosining eng yaxshi yechimi VF (Very High Flexion, tarjima qilinganda — «juda yuqori egiluvchanlik») va IF (Increased Flexion — «oshirilgan egiluvchanlik») texnologiyalariga ega shinalardir, chunki ular sirt bilan kontaktning kattalashtirilgan maydoni bilan ajralib turadi va havoning kamroq bosimini talab qiladi. Ushbu o'ziga xos xususiyatlar tufayli qishloq xo'jaligi mashinalari og'irroq yuklarni tashiy oladi. Ammo bu sohada yana boshqa biron bir ishlanmalar bormi?
Ha!
Cyclic Field Operations (CFO, tarjimada— «tsiklik tabiiy sharoitda o'tkaziladigan operatsiyalar») deb nomlangan yetakchi g'ildiraklar uchun IF yoki VF shinalari. Ular tsiklik tabiiy sharoitda o'tkaziladigan operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan qishloq xo'jaligi mashinalari uchun maxsus tarzda ishlab chiqilgan. Bu avjga chiqqan yuklamalarga bardosh bera oladigan, sirt bilan kontaktning katta maydoni bo'lgan mustahkam shinalar.
Masalan, ularga uchratiladigan hosil yig’im-terimi bosqichida kombaynlar yoki donli ekinlarni tashishda tirkamalar. So'nggi yillarda ushbu mashinalar boshqa uskunalar bilan solishtirganga sezilarli darajada vazndagi ortishini olmoqda.
Odatda, IF radial shinasi standart radial shinaga nisbatan 20% ko'proq yuklamaga bardosh bera oladi. Va agar IF texnologiyasiga ega modelning yon devorida CFO markalashi bo'lsa, u havo bosimini oshirmasdan 55%ga ko'proq yukni ko'tarishi mumkin.
Bundan tashqari, ushbu markalash bilan shinalar, ayniqsa, dalada loy va namlik ko'p bo'lgan hosil mavsumida ekspluatatsiya qilish uchun juda mos keladi. Sirt bilan kontaktning kattalashtirilgan maydoni va tuproq bilan yaxshilangan matashishi tufayli IF va VF texnologiyasiga ega shinalar tsiklli operatsiyalarni lozim tarzda rejalashtirish bilan birgalikda fermerlarga ishdan maksimal darajada foyda ko'rish imkonini beradi. CFO markalashi bilan chidamli shinalarning ushbu o'ziga xos xususiyatlari qishloq xo'jaligi korxonalarining samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
BKT kompaniyasida CFO ning muhim afzalliklari haqida bilishadi va ushbu markalashni bir nechta modellarga qo'llashga qaror qilishdi. Ular orasida BKTning eng muvaffaqiyatli mahsulotlaridan biri - AGRIMAX FORCE bo'lib, u IF ning 21 namunaviy o'lchami mavjudligi tufayli qolganlarning fonida ajralib turadi. Ushbu shinalar hosil yig'im-terimi, tashish va yer haydash ishlarida ishlatiladigan kombaynlar yoki yuqori quvvatli traktorlar uchun maxsus tarzda ishlab chiqilgan. IF ning 6 ta namunaviy o'lchamlarida foydalanish imkoni bo'lgan AGRIMAX TERIS va AGRIMAX RT 600 — CFO markalashi bilan yana ikkita model bo'lib, ular tuproq bilan yuqori matashish va katta yuk ko'tarish qobiliyatini talab qiladigan yig'im-terim ishlari uchun juda mos keladi.
Va nihoyat, VF ning ikkita namunaviy o'lchamlarida foydalanish imkoni bo'lgan AGRIMAX V-FLECTO shinasi ham CFO markalashini oldi. Ushbu premial model keyingi avlod yuqori quvvatli traktorlarning ekspluatatsiyaviy tavsifnomalarini optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan.
BKT kompaniyasining har bir qo'llash sohasi uchun tsiklik tabiiy sharoitda o'tkaziladigan ishlar uchun CFO markalashi bilan shinalar kabi ixtisoslashgan mahsulot ishlab chiqilishi kerakligiga ishonchi komil. Shu sababli, BKT kompaniyasining mahsulot assortimenti har bir kishi turli xil ehtiyojlarni qondira oladigan yechimlarni topishi mumkin bo'lgan foydalanuvchilar va jamiyatning xohish-istaklarini inobatga olgan holda doimiy ravishda kengayib boradi va yaxshilanadi.