Ko'p sabablarga ko'ra ish uchun to'g'ri shinaga ega bo'lish juda muhim - bu ko'p jihatdan xavfsizlik va samaradorlik nuqtai nazari bilan ifodalanadi. Shinaning protektori ushbu talablarni qondirishga yordam beradi. Har bir ishlab chiqaruvchining o'ziga xos noyob naqshlari mavjud bo'lib, ularning fikricha, bu foydalanuvchining ehtiyojlariga eng yaxshi tarzda mos keladi va ishlatilayotgan mashinada maksimal darajada to'la unum bilan ishlashga imkon beradi. Bog' maysa o'roq mashinalaridan tortib, fermer xo'jaliklari va qurilish uchun sanoat mashinalarigacha, to'g'ri protektor hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Protektorning o'zi nima va u nima uchun kerak?
Shinaning protektori - bu klassik standart traktorni tasavvur qilganingizda siz o'ylaydigan zigzagsimon naqsh. U yo'l bilan matashishni ta'minlaydi, nomi ham ana shundan kelib chiqqan. U yer bilan birinchi kontakt hisoblanadi va matashishni oshirish va tuproqning zichlanishini kamaytirish uchun qoplangan sirt maydonini oshiradi, bu esa keyinchalik hosildorlikni kamaytirishi mumkin. Ixtisoslashgan ishlar uchun zarur bo'lgan shinalarning turlari bog' maysa o'roq mashinalaridan tortib eng katta kran yoki buldozergacha ekspertlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Qishloq xo'jaligi, sanoat, OTR
Shinalarning uchta asosiy turi mavjud. Bu qishloq xo'jaligi, sanoat va OTR.
- Qishloq xo'jaligi shinalari turli xil qishloq xo'jaligi faoliyati uchun qishloq xo'jaligi uskunalaridan maksimal darajada to'la unumni olish uchun ishonchli shinalarga muhtoj bo'lgan fermerlar yoki pudratchilar uchun mo'ljallangan. Fermer xo'jaliklarida shinalar qondirishi kerak bo'lgan: yo'llar bo'yicha tashishdan tortib to qishloq xo'jaligi faoliyatigacha; tuproq zichlanishining kamayishidan tortib, ixtisoslashgan tabiiy sharoitda o'tkaziladigan ishlariga qadar va hokazo bir qator ehtiyojlar mavjud.
- Sanoat shinalari sanoat obyektlarida (masalan, ayrili yuk ortuvchi o'ziyurar mashinalar, yashiklarni tashish uchun maydonchalar, aeroportlar va boshqalar) xavfsizlik va barqarorlikka e'tibor qaratgan holda materiallarni tashish/yuklash, ko'tarish va ko'chirish uchun mo'ljallangan.
- OTR shinalari tog'-kon sanoati, qurilish va yer yuzidagi eng murakkab tarmoqlar uchun mo'ljallangan, shuning uchun shinalarga talablar shunga muvofiq bo'lishi kerak. Ular mustahkamlik, yeyilishga chidamlilik va pishiq-puxtalik uchun yaratilgan.
Umumiy atamalar va ta'riflar
- R1 va R1W barcha dala ishlari uchun mo'ljallangan va traktor kabi mashinalarga o'rnatilishi mumkin. Ularning protektori quruq yoki loyli yerlarda samarali matashishni ta'minlaydi. R1W ning protektori R1 ning protektoriga qaraganda chuqurroq. Qo'llanilayotgan shinalarning turi tuproq holatiga bog'liq; masalan, R1W ancha nam va issiq bo'lmagan kunlar uchun ko'proq mos keladi.
- R2 shinalari yuqorida aytib o'tilganlarga o'xshaydi, lekin ancha chuqurroq. Ular ko'proq nam va ekstremal sharoitlarda qo'llaniladi, shuning uchun ular, masalan, suv toshqini yoki guruch va shakarqamish fermalarida ishlatilishi mumkin.
- Mayda protektorli R3 shinalari mashinaning og'irligini kengroq shinalarga teng ravishda taqsimlash uchun mo'ljallangan. Vazifa - xuddi o'sha yaxshi ko'rinib turadigan kriket va futbol maydonlarida ko'rish mumkin bo'lgani kabi chiroyli maysazor bezaklarini yaratish. Protektorning keng sirti va sayoz chuqurligi maysazorni izlarsiz eng yaxshi holatda saqlash uchun mo'ljallangan. Bunday shinalarni maysa o'roq mashinalari yoki golf uchun aravachada topish mumkin. Albatta, siz ferma uchun mo'ljallangan shinalardan foydalanmaysiz, chunki bu sizning maysazoringizda katta zigzaglarni qoldiradi!
- R4 sanoat shinalari sizning sanoat ehtiyojlaringiz uchun mo'ljallangan. Omborlar, ayrili yuk ortuvchi o'ziyurar mashinalari, teleskopik yuklagichlar va ekskavatorlarni ko'rib chiqing. R4 sanoat shinalari beton yoki shag'aldan qilingan keng va bardoshli yuzalar- yo'llar, piyodalar yo'laklari va boshqalar uchun mo'ljallangan.
Protektorning boshqa turlari:
Old shinalar
Bu odatda traktoringiz (ehtimol 2 g'ildirakli uzatma) va ocma uskunangizning old tomonida joylashgan narsadir. Qishloq xo'jaligi shinalari F1 (ancha quruqroq yerlar uchun), F2 va F2M (ancha namroq, yumshoqroq yerlar uchun). Ular matashishni yaxshilash va o'z-o'zini tozalash uchun mo'ljallangan, rulni boshqarishda yordam beradi va biz ilgari aytib o'tgan R1 shinalaringiz bilan uyg'unlashadi. Qovurg'ali shinalar deb nomlanuvchi ushbu shinalar maxsus ishlatilishni talab qiladigan operatsiyalar uchun juda mos keladi. 'Qovurg'alar' -bu shinaning butun atrofi bo'ylab o'tadigan mini ariqchalar.
Sanoat traktori uchun F3 shinalari mavjud; yuqorida aytib o'tilganlarga qaraganda ancha tekisroq, ular sizning yo'llaringiz vaqattiq qoplamali betonlaringiz va ekspluatatsiya qilishning murakkab sharoitlari uchun yaxshiroq mos keladi.
OTR shinalari
OTR shinalari turli shakllar, o'lchamlar va turlarga ega bo'ladi. OTR shinalari Off The Road deb rasshifrovka qilinadi va konchilik va qurilishdagi katta mashinalari uchun mo'ljallangan bo'lib, u yerda siz eng qattiq va notekis yuzalarni topasiz. Ushbu shinalar juda yuk tortuvchi modellardan tortib to mutlaqo silliq modellargacha o'zgaradi. Ular mo'ljallangan muayyan vazifaga bog'liq va Compactor (Zichlagich) [C], Grader (Greyder) [G], Earthmover (Yer qazish mashinasi) [E] va Loader/Dozer (Yuk ortuvchi o'ziyurar mashina/ Buldozer) [L] kabi xizmat ko'rsatish turini belgilaydigan harflarga ega.
OTR shinalariga misollar:
- E2, G2 va L2 shinalari tortish va barqarorlik uchun mo'ljallangan.
- E3, G3 va L3 shinalari unchalik qiyin bo'lmagan va muhim bo'lmagan foydalanish uchun mo'ljallangan.
- E4 va L4 ancha chuqurroq protektorga ega, bu qo'pol va o'tkir joylardan shikastlanishni kamaytirishga yordam beradi, bu esa keyinchalik shinaning xizmat qilish muddatini oshiradi.
- L5 tosh va kesilishdan eng yaxshi himoya talab qilinadigan ekspluatatsiya qilishning yanada muhim sharoitlari uchun mo'ljallangan. Ular ortgan pishiq-puxtalikni kafolatlaydigan juda chuqur protektorga ega.
- E7 qum kabi bo'sh yuzalar uchun mo'ljallangan sayoz protektorlar yoki "qovurg'alar"ga ega.
Ko'rib turganingizdek, "bitta shina hamma uchun mos keladi" degan shiorning o'zi yo'q. Samaradorlik va xavfsizlik uchun muayan bir ish uchun to'g'ri shinaga ega bo'lish muhimdir. BKT kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan barcha katalog va shinalarning xilma-xilligi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.