Seren'o (Italiya), 2023-yilning 20-fevrali. BKTning kelajakka sayohati shu yerda boshlanadi. To'g'rirog'i, u shu yer: global yo'l tanlamas shinalari sektoridagi daromadlarning noyob yuqori darajasi va boy infratuzilma tufayli — hind transmilliy korporatsiyasiga kelgusi yillarni rejalashtirishga yordam bergan 2015-yilda Bhuj shahrida ochilgan aynan shu maydonchada davom etmoqda..
Va bu noaniq istiqbollar emas— bu Bhuj shahrida ishlab chiqarishni takomillashtirish orqali har yili 600000 metrik tonna shinalar ishlab chiqarishni maqsad qilgan va uch yil ichida ikki milliard dollar aylanmasini nazarda tutadigan yaxshi o'ylab chiqilgan va juda ahamiyatli rivojlanish rejasi.
Biz BKT qanday qilib qiyin vazifalarga qo'l urishni yoqtirishini yaxshi bilamiz. Bozor yo'nalishini o'zgartiradimi? BKT har doim zamon bilan hamnafas bo'lishning eng maqbul usulini topadi. Pandemiya global logistika yo'llari ostiga to'g'anoq bo'ladimi? BKT hammadan oldin yangi sinovlarga tayyorlanib oldi. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun kompaniyalardan mas'uliyatli yondashuvni talab qiladimi? BKT o'ziga xos loyihalar orqali ekologiyaviy jihatdan soflikka sodiqligini ko'rsatadi, chunki bu yondashuv mavjud hududlarning madaniy qadriyatlarini aks ettiradi.
Aynan shuning uchun BKT qarashida ana shunday juda aniq yozib qo'yilgan keyingi uch yil — yo'lning davom etishidan boshqa narsa emas. Kompaniya bozorga diqqat bilan quloq tutgan, o'z ishiga cheksiz jasorat va muhabbatni namoyon qilgan holda ushbu rejaga uzoqni ko'ra olish va umumiy muvaffaqiyatga sodiqlik bilan yondashdi.
Bhuj shahri, 2012-2023-yillar: +262,60% ga
2012-yilda Bhuj shahridagi ishlab chiqarish liniyasidan birinchi shina chiqib ketdi. O'shanda zavod 123 gektar maydonda joylashgan bo'lib, gap 500 million dollar miqdordagi investitsiyalar haqida bormoqda edi. Ish boshlanishidan oldin cho'l zonasida umuman yashash sharoitlari mavjud emas edi: suv ham, elektr ham yo'q edi. Ammo ko'p kilometrlik ichimlik suvi quvurlarini yotqizish va elektr uzatish liniyalarini tortish orqali ishlab chiqarish uchastkasi doimiy ravishda kengayib bordi: 2016-yilda 126 gektar, 2019-yilda 131 gektar, 2021-yilda 137 gektar va 2022-yilda 258 gektar. 2023-yil oxiriga kelib umumiy maydoni 323 gektarga yetishi rejalashtirilgan, shundan 283 gektari allaqachon tayyor.
Ko'proq joy — yangi mashinalarni o'rnatish, ko'plab sinov zonalarini joylashtirish, ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirish va u bilan bog'liq barcha narsalar uchun ko'proq imkoniyatlarni anglatadi. Kompaniya to'xtamaydigan o'sishga intiladi, va aksincha, o'sib borayotgan talabni qondirish uchun asosga aylanadi. Eng yangi tendentsiyalar haqida gapiradigan bo'lsak, BKT biznesi pandemiyadan oldingi davrga nisbatan 49 foizga o'sdi. Bu hind transmilliy korporatsiyasi har doim yangi vazifalarga tayyor va yangi imkoniyatlarga ochiq ekanligidan dalolat beruvchi ajoyib yutuq.
Shunday qilib, 2015-yilda Bxujdagi maydoncha kuniga 92 metrik tonna mahsulot ishlab chiqardi va 2022-yilda u eng yaxshi tarixiy natija— kuniga 436 metrik tonnani ko'rsatdi.
Yanada samarali jihozlanish: ko'proq mahsulotlar va xavfsizlikning yuqori darajasi
Bugungi kunda Bxuj zavodida samarali uskunalar o'rnatilgan bo'lib, ular mahsulot hajmini ko'paytirgan va tayyor mahsulotlar sifatini oshirgan holda tezroq va aniqroq ishlashga imkon beradi. Bu, shu jumladan, tashlab yuboriladigan mahsulot hajmining kamayishini anglatadi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayonining barqarorligi oshadi va ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi. Jarayonlar ham yanada ishonchli bo'lib bormoqda: kasbiy xavflar qisqarmoqda va ishchilarning qulaylik darajasi ortmoqda, bu BKT uchun juda muhimdir.
Texnik uglerodni mustaqil ravishda ishlab chiqarish
Texnik uglerodni ishlab chiqarish bo'yicha o'z zavodiga sarmoya kiritishi BKTning Bhuj shahridagi korxonani rivojlantirishga qaratilgan yana bir strategik qarori bo'ldi. Zavod 2017-yilda ishga tushdi, o'shanda bir yil ichida birinchi 65 000 metrik tonna shinalar protektori uchun maxsus tarzda ishlatiladigan Hard sinfidagi texnik uglerod ishlab chiqarildi. Keyingi yili ishlab chiqarish 65 000 tonnadan 110 000 metrik tonnagacha oshdi va mustahkamlik va chidamlilikni oshirish va issiqlikning kamroq miqdorini ajratib chiqarish uchun shinalar korpusining tarkibida qo'llaniladigan Soft sinfidagi texnik uglerod ishlab chiqarishi qo'shildi. 2021-yilda ikki turdagi texnik uglerod ishlab chiqarishining umumiy hajmi yiliga 138 000 metrik tonnaga yetdi, o'tgan yili esa yiliga 165 600 metrik tonnagacha o'sdi.
2023-yil uchun maqsad 198 600 metrik tonnani tashkil etadi. Bundan tashqari, tadqiqotlar va ishlanmalar bo'limi Specialty sinfidagi texnik uglerodning uchinchi turini qo'shishni rejalashtirmoqda. Ushbu turdagi texnik uglerod, masalan bo'yashga yuqori bardoshlilik, tozalikning yuqori darajasi, kullilikning past darajasi va politsiklik aromatik uglevodorodlar juda past miqdori bilan rezina aralashmalarda ishlatiladigan tavsifnomalarga nisbatan noyob xususiyatlarga ega, bu uni bo'yoq, plastmassa va siyoh kabi qo'llashning o'ziga xos sohalari uchun yaroqli qiladi.
«BKT oilasi»ning farovonligi
Zavodning kengayishi ishlab chiqarish quvvatlarining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, operatsiyaviy logistika sezilarli darajada takomillashtirildi, bu shtatga yangi mutaxassislarni kiritish va ishlab chiqarish hamda ombor oqimlarining katta moslashuvchanligini ta'minlashga imkon berdi.
Yangi obyektlarni qurish, shuningdek BKT uchun juda muhim bo'lgan xodimlarning xavfsizligi darajasini oshirishga yordam berdi. Bhuj shahridagi maydonchada ko'p odamlar ishlaydi: 2022-yilning dekabr oyi oxirida xodimlar soni 4776 nafar kishini tashkil etdi.
Har yili BKT o'z hamjamiyatining farovonligiga erishish uchun katta mablag' sarflaydi — xodimlarning oilalari yashashi mumkin bo'lgan hududni kengaytiradi (hozirda u erda deyarli 1000 nafar kishi yashaydi), ularning sog'lig'i va farzandlarining ta'limi haqida qayg'uradi. Muxtasar qilib aytganda, bu haqiqiy "oilaviy fabrika" — bu bizning xodimlarimizga ko'p foyda keltiradigan va jahon ishlab chiqarish sektoridagi birinchi modellardan biriga aylangan o'zaro ta'sir modeli.
Resurslardan ongli ravishda foydalanish
Odamlarning farovonligi atrof-muhit farovonligidan ayri holda bor bo'lolmaydi – bu bugungi kunda barcha mas'uliyatli kompaniyalar strategiyasining bir qismi bo'lishi kerak bo'lgan eng muhim shartdir.
Bhuj shahridadagi maydonchani taqlid qilish uchun namuna deb aytish mumkin. 2013-yilda allaqachon ishonchli va nazorat qilinuvchi elektr manbaiga aylangan ichki elektr stantsiyasi tashkil etildi. Bugungi kunda ham quyosh panellari, ham kogeneratsiyaviy qurilma mustaqil ravishda energiya ishlab chiqarishga imkon beradi. 2022-yilda kogeneratsiya qurilmasi 20 MVtdan 40 MVt gacha kengaytirildi va hozirda mustaqil ravishda ishlab chiqarilgan qayta tiklanadigan resurslar quvvatini oshirish bo'yicha loyihalarni rivojlantirish davom etmoqda.
Suv ham BKTning diqqat markazida turibdi. 2019-yildan boshlab atrof-muhitga nol yoki deyarli nol ta'sir ko'rsatadigan oqava suvlarni tozalash tamoyili (Zero Liquid Discharge, ZLD) qabul qilindi, ya'ni oqava suvlar zavoddan tashqariga chiqarilmaydi. Zavodda ishlatiladigan barcha suv qayta ishlanadi, tozalanadi va qayta qo'llaniladi. ZLD tamoyilining maqsadi suv resurslarini tejash, oqava suvlarni chiqarib yuborishning atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish va korxonaning umumiy samaradorligi va barqarorligini oshirishdir.
Texnik uglerodning yanada barqaror ishlab chiqarishi
BKT kompaniyasi texnik uglerod ishlab chiqarishga yangi yondashuvni joriy etib, bu jarayonni yanada ekologik toza qildi.
Avvalo, texnik uglerodni tashish jarayoni takomillashtirildi: BKT «Big-bag» tipidagi konteynerlarni mobil siloslarga almashtirdi. Bu shinalar ishlab chiqarish bo'yicha zavod pnevmatik usulda saqlash joyiga o'tadigan mobil siloslar tufayli o'zining uglerod qurilmasini olishini anglatadi. Bu BKTga qadoqlashda, ya'ni keyingi bir necha yil ichida 100 000 ta «Big-bag» tipidagi konteynerlarda tejash imkonini beradi.
Va bu hali hammasi emas: transport tizimi umuman olganda energiya sarfini kamaytiradigan, sarfni minimallashtiradigan va sifatni oshiradigan tarzda loyihalashtirilgan. Har bir tashish tizimi massa va sarflangan energiya borasida tekshiriladi. BKT oldida energiya sarfini 70% ga kamaytirishdek murakkab maqsad turibdi. Bu yiliga ikki million kilogrammdan ortiq CO2 tashlamalarini yo'q qilishni anglatadi, bu har biri 100 kvadrat metr bo'lgan 5000 ta xonadon bilan taqqoslanadi.
Shu bilan birga, texnik uglerod ishlab chiqarish uchun xizmat qiladigan gaz endi yiliga 75000 kubometr gazni qayta ishlatishga qodir bo'lgan kogeneratsiya qurilmasiga kelib tushmoqda. Bu yiliga 215 000 metrik tonna ko'mirni tejaydi.
Kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun tadqiqotlar
Aynan BKTning tadqiqot va ishlanmalar bo'limi Bhuj shahridagi korxonaning hozirgi holatiga erishishga imkon berdi. Ushbu bo'lim maydonchaning innovatsiyasi va rivojlanishi uchun mas'ul bo'lib, mumkin bo'lgan chegaralarni doimiy ravishda kengaytiradi va yangi muammolar paydo bo'lganda ularni hal qiladi. 2017-yilda tashkil etilganidan beri u kompaniyaga xalqaro yetakchilikni saqlab qolishga yordam beradigan mahsulotlar va jarayonlarni ishlab chiqmoqda. U tadqiqotchilar va tahlilchilar jamoasi tomonidan boshqariladi va shinalar sohasida dunyodagi eng muhim va zamonaviy tadqiqot markazlaridan biri bo'lib qolmoqda.
To'g'ri yechimni topish, shu jumladan uni sinab ko'rishni anglatadi. Shu sababli, 2017-yilda maxsus Test Track ochildi. Olti xil treklarni o'z ichiga olgan ushbu trassa quruq va nam sharoitda shinalarning tavsifnomalarini sinab ko'rish uchun treklarni, asfalt trekni va qiya beton trekini taklif etadi. Keng ko'lamli sinovlar tufayli bu yerda yuqori aniqlikdagi qurilmalar va asboblar hisobiga tortish, boshqaruvchanlik, qulaylik, tuproqning zichlanishi va boshqalar kabi ko'plab muhim parametrlarni o'lchash mumkin.
Kelajakka qaytish
«Mendan bularning barchasini haqiqatan ham qisqa vaqt ichida qilish kerakmi, deb so'rashdi, deb eslaydi BKT boshqaruvchi hamdirektori Rajiv Poddar. – Bxuj shahridagi ofisni ochishga qaror qilganimizda o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz o'sha davrning moliyaviy muvaffaqiyatiga va birinchi navbatda kompaniyamizning ambitsiyali va juda aniq qarashlariga mos edi.
O'tgan yillar davomida biz bozorni tahlil qildik va barcha tajriba va o'z ishimizga bo'lgan muhabbatdan foydalangan holda uning harakat yo'nalishini prognozlashtirdik. Bizning rivojlanishimiz har doim talab bilan hamnafas bo'lib kelgan, ammo jasorat va ijodiy yondashuvksiz, maqsadlarimiz va investitsiyalarimiz uchun mustahkam poydevorsiz biz muvaffaqiyatga erishmagan bo'lardik.
Shinalarga global talab ortib bormoqda va biz keyingi besh yil ichida uning sekinlashuv belgilarini ko'rmayapmiz. Bu 2020-yilgi pandemiya davrida o'sishni boshlagan va bugungi kunda COVID-19 dan oldingi darajadan oshib ketgan talab. Biz uchun qiyin bo'ladimi? Bu sinov bo'ladimi? Bizning qarashimiz oddiy va shuning uchun juda aniq.
2012-yilda Bxuj shahrida boshlagan sayohatimiz — bu orqaga qaytish yo'li emas. Bu kelajakdagi kashfiyotlarga tayyorgarlik».