Iqlim o'zgarishi muammosi qishloq xo'jaligini yuritishning yanada ekologik usullarini qo'llashning muhimligini oshirdi. Qishloq xo'jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilari fermerlarning bu sa'y-harakatlarini ilg'or mashinalar taklifi bilan qo'llab-quvvatladilar. Natijada yuqori texnologiyali shinalarga talab oshdi. Tuproqni himoya qilish ishida fermer xo'jaliklarining hamkori BKT aynan shunday mahsulotlarni taklif qiladi.
Seren'o (Italiya), 2023-yilning 26-apreli — Dunyo bo'ylab oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotgan bugungi kunda qishloq xo'jaligi uni qondirishda muhim rol o'ynashiga shubha yo'q. Boshqa tomondan, u atrof-muhitga sezilarli ta'sir (issiqxona ta'siriga xizmat qiluvchi gazlar tashlamalari, suv manbalarining ifloslanishi, tuproqning zichlanishi) ko'rsatishi mumkin. Qishloq xo'jaligi resurslarini tejash bilan birga mahsuldorlikni oshirish – bu ular kelajak avlodlar uchun qishloq joylarini rivojlantirishi kerak bo'lgan zamonaviy qishloq xo'jaligi korxonalari oldida turgan asosiy maqsad. Ushbu maqsadga erishish uchun innovatsiyalar, texnologiyalar, tadqiqotlar, raqamlashtirish va robototexnika kabi kuchli vositalar katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu fonda eng qadimiy qishloq xo'jaligi operatsiyalaridan biri diqqat markazida bo'lib qoldi. Tuproqqa an'anaviy ishlov berish, ya'ni shudgorlash va boronalash tuproq tuzilishi va belgilanishiga asosiy tahdid hisoblanadi. Bunday ishlov berish natijasida tuproq ozuqa moddalari va organik tarkibiy qismlarni yo'qotadi. Shu sababli, tuproqning biologik xilma-xilligini saqlab qolish va uning tuzilishidagi o'zgarishlarni minimallashtirish uchun ehtiyot qilib yoki minimal ishlov berish kabi tuproqni ehtiyot qilish usullari tobora ko'proq qo'llanilmoqda. Ushbu usullar pana qiluvchi ekinlarini ekish, mikroorganizmlarning rivojlanishiga hissa qo'shadigan almashlab ekish va nomidan ko'rinib turibdiki, minimal ishlov berish yoki umuman ishlov berishdan bosh tortishni o'z ichiga oladi. Shunday qilib, ehtiyot qilib ishlov berishda tuproq 20-25 sm dan oshmaydigan chuqurlikka yumshatiladi.
Bunda shunga o'xshash maqsadga intilayotgan ishonchli hamkorlar va mutaxassislar bilan hamkorlik: xarajatlar, mahsuldorlik va ekologiyaviy jihatdan soflikning maqbul uyg'unlashuvi alohida ahamiyat kasb etadi. Ilg'or shinalarni tadqiq qilish va ishlab chiqishga doimiy intilish bilan BKT fermer xo'jaliklarining alohida talablariga javob beradigan yuqori sifatli mahsulotlarning keng assortimentini yaratdi.
U eng yangi avlod traktorlari uchun turli xil protektor naqshlariga ega shinalarni taklif etadi.Natijada, fermerlar tuproqni zichlamasdan og'irroq yuklarni tashishlari mumkin bo'ladi, bu tuproqni muhofaza qilish va ehtiyot qilib ishlov berish kontseptsiyasiga to'liq mos keladi.
Keling, AGRIMAX FORCE modelidan boshlaylik.. BKT ning ushbu premial shinasi hatto qattiq tuproqlarni ham samarali va unumdor ishlov berishni kafolatlagan holda ham hosil yig’im-terimi uchun, ham transport operatsiyalarini bajarish uchun mos keladi. IF texnologiyasi tufayli u standart shina bilan solishtirganda shinadagi pasaygan havo bosimida katta yuklamaga bardosh bera oladi. Bunda u tuproqning zichlanishini kamaytiradi. Kuchli traktorlar va kombaynlarni ekspluatatsiya qilganda ushbu shina harakatlanishdagi qulaylik va juda yaxshi tortishni ta'minlaydi, a'lo darajada o'zini o'zi tozalaydi va yoqilg'i sarfining kamayishiga xizmat qiladi. Ushbu lineyka g'oyat katta 2,3 m diametri bilan IF 750/75 R 46 versiyasini o'z ichiga oladi. AGRIMAX FORCE — bu BKT kompaniyasi mutaxassislari tomonidan qishloq xo'jaligi bozorida doimiy o'zgaruvchan talablarni qondirishga qaratilgan konstruktorlik ishlarining natijasidir.
Kordning neylon iplari bilan mustahkamlangan karkasi bilan ajralib turadigan AGRIMAX FORTIS shinasi yordamida daladagi unumdorlikni oshirish va uning kamroq zichlanishi hisobiga tuproqni saqlab qolishga ham erishish mumkin. Juda yaxshi tortish tavsifnomalari va mukammal boshqaruvchanlikdan tashqari, ushbu model og'ir yuklarni hatto yuqori tezlikda (soatiga 65 km gacha) tashish imkoniyatini ta'minlaydi.
AGRIMAX RT 855 modeli qishloq xo'jaligi shinalari oilasiga kiradi. Ushbu shina harakatlanishdagi juda yaxshi qulaylik va tortish, shuningdek sizga daladagi ishdan yo'l bo'ylab harakatlanishgacha tez o'tish imkonini beradigan o'z-o'zini tozalash kabi tavsifnomalari bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, u ajoyib o'ta olishlilik qobiliyatiga ega va yuqori hosildorlikni saqlab qolish uchun ideal tanlov sifatida namoyon bo'ladi.
Tuproqning zichlanishini oldini olish uchun IF texnologiyasiga ega RIB 713 shinasi ham ishlab chiqilgan. Standart shinalar bilan taqqoslaganda, u tuproq bilan kattalashtirilgan kontakt dog'i, shinadagi pasaygan havo bosiminida ishlash qobiliyati va mashinaning massasini tuproqqa bir tekis taqsimlashga ega. Uning teshilish va masalan, o'rib olingan joyda qolgan cho'kirtak poyadan shikastlanishiga ajoyib bardoshliligining siri po'lat metall kordi bilan karkasda yotadi. Shinaga D tezlik indeksi berilgan, ya'ni uni yo'llarda soatiga 65 km tezlikda ekspluatatsiya qilish mumkin.
BKT kompaniyasi shinalarining assortimentida AGRIMAX RT 765, RT 857 va AGRIMAX RT 657 modellari kabi tuproqning zichlanishini kamaytirish bo'yicha zamonaviy talabni qondiradigan boshqa modellar ham mavjud. Ushbu shinalar teshilishlar, kesilishlar va o'rib olingan joyda qolgan cho'kirtak poyadan shikastlanishlar, ya'ni hosilni etishtirishning keyingi mavsumi oldidan tuproqqa ishlov berish paytida shinani kutayotgan muqarrar xavf-xatarlarga juda chidamliligi bilan ajralib turadi.
Barcha sanab o'tilgan shinalar hind kompaniyasining butun dunyo bo'ylab fermerlarning talablarini tez va samarali qondirishga sodiqligini ta'kidlaydi.