Zamonaviy yuqori quvvatli yig'im-terim texnikalari ekinlarga zarar bermasdan og'ir uskunalar va og'ir yuklamalarga bardosh bera oladigan shinalarga muhtoj. BKT kompaniyasi sizning hosilingizni oshirishga yordam beradigan eng yangi texnologiyalarga asoslangan radial shinalarni taklif qilishga tayyor. AGRIMAX TERIS — har qanday qishloq xo'jaligi operatsiyalarida ideal yordamchi.
ВAjoyib tortish tavsifnomalari va yuqori yuk ko'tarish qobiliyati — bu barcha yig'im-terim ishlarida eng yaxshi ko'rsatkichlarni ta'minlaydigan shinalarning ana shunday asosiy xususiyatlari. Yon devorning maxsus himoyasi va kuchaytirilgan yelka zonasi, hatto qiyin sharoitlarda ham, maydonda o'rilgan joyda qolgan cho'kirtak poyalar borligida ham mustahkamlikni oshiradi va shu bilan xizmat qilish muddatini oshiradi.
Agrimax Teris – bu maxsus belgilanishdagi radial shina. U yig'im-terim kombaynlari, o'g'it sochish mashinalari va maxsus paxta terish kombaynlari uchun loyihalashtirib chiqilgan. Agrimax lineykasining boshqa barcha shinalari singari, Agrimax Teris shinalari ham juda kuchli kombaynlar, katta maydonlar va yuqori yuklamalar uchun konstruktsiyalangan.
Afzallik nimada?
Texnika va tashiladigan yuk qanchalik og'ir bo'lsa, tuproq shunchalik ko'p aziyat chekadi. Ammo bu har doim ham to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikda bo'lmaydi. Biz buni bilamiz, shuning uchun biz yuqori yuklamani ko'tarishi mumkin bo'lgan, ammo o'simliklarga zarar yetkazmaydigan shinalarni ishlab chiqdik. Va bu hosil saqlanib qolishini anglatadi. Va bu shinalarning nomi - Agrimax Teris. Keling, ushbu shinalarning kuchli tomonlarini ko'rib chiqaylik:
To'liq yuklamada va tuproqning har qanday holatida mukammal matashish. Bu protektorning alohida naqshi va g'ildirak o'z-o'zini tozalashining yaxshilangan xususiyatlarii bilan ta'minlanadi;
1050/50R32 o'lchami uchun 184 yuklama indeksiga ega o'ta yuqori yuk ko'tara olish qobiliyati. Boshqacha qilib aytganda - har bir g'ildirak uchun roppa-rosa 8 tonna;
Tuproqning pasaygan zichlanishi: kontaktning katta dog'i hisobiga vaznning bir tekis taqsimlanishi yuz beradi, flotatsiyaviy imkoniyatlari yaxshilanadi. Va bu sizning hosilingizning asosiy dushmani bo'lgan zichlanishni jiddiy ravishda kamaytiradi;
Deformatsiyaga qarshilik va mustahkamlik: yelka zonasi va karkasning kuchaytirilgan konstruktsiyalari nafaqat harakatning barqarorligiga, balki begona narsalar, ildizlar va o'rilgan joyda qolgan cho'kirtak poyalardan teshilish va har qanday turdagi ta'sirlarga qarshilik ko'rsatuvchanlikni oshirish uchun ham ishlaydi. Bu haqiqatdan ham shinaning xizmat qilish muddatini oshiradi.
Qulay boshqaruv va haydash: operatsiyani bajarish davomida kombaynchi silkinish va zarbalardan katta yukni boshdan kechiradi. Bizning holatimizda esa shina muhim rol o'ynaydi, chunki u silkinishni kamaytirishi mumkin, bu esa o'z navbatida kombayn operatori uchun boshqaruvchanlik va qulaylikni yaxshilaydi.
Agrimax Terisning ekspluatatsiyaviy xususiyatlarini yanada yaxshilash uchun BKT kompaniyasida IF ijrosidagi ba'zi namunaviy o'lchamlarni ishlab chiqishdi. Bu paxta plantatsiyalarida foydalanish uchun maxsus tarzda qilingan.
IF texnologiyasi haqida gapirganda, biz shinaning havoning pasaygan bosimida p (bir xil o'lchamdagi standart shinalar bilan solishtirganda) og'ir yuklamalarga bardosh berish qobiliyatiga ishora qilamiz. Kamroq bosim kamroq zichlanishni va ko'paygan hosildorlikni anglatadi: bu har bir fermerning orzusi!
IF ijrosidagi yangi Agrimax Teris shinasi paxta terish mashinalari operatorlarining ehtiyojlariga javob beradi, ular katta kontakt dog'I bilan ildiz hamda o'rilgan joyda qolgan cho'kirtak poyalarga chidamli, mukammal yuk ko'tarish va flotatsiyaviy qobiliyati va minimal tuproq zichlanishi bilan shinalarni olishni xohlashadi.
Agrimax Teris shinasi ushbu talablarga to'liq javob beradi. Uni o'z dalalaringizda sinab ko'ring!
Namunaviy o'lchamlari | Qo'llanilishi | Tezlik / yuklama indeksi | Tavsiya etilgan disk kengligi | Diskning mumkin bo'lgan kengligi | Shinalarning kengligi (SW) | Shinaning umumiy diametri (OD) | Yuklama ostidagi radius (SLR) | Tebranish doirasi (RC) | SRI | Turi |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
620/75R26 CHO | STANDARD | 166A8/B | DW208 | 625 | 1590 | 730 | 4851 | 750 | TL | |
750/65R26 CHO (28LR26) | STANDARD | 171A8/B | DW258 | DW23B | 764 | 1636 | 713 | 4908 | 750 | TL |
750/65R26 CHO (28LR26) | STANDARD | 166A8/B | DW25В | DW23B | 764 | 1636 | 713 | 4908 | 750 | TL |
710/55R28 CHO | STANDARD | 164A8/B | DW23В | 716 | 1493 | 663 | 4442 | 700 | TL | |
620/75R30 CHO | STANDARD | 168A8/B | DW20B | 625 | 1692 | 779 | 5169 | 800 | TL | |
1050/50R32 CHO | STANDARD | 184A8/181В | 36.0VA | 1059 | 1893 | 840 | 5685 | 875 | TL | |
650/75R32 CHO | STANDARD | 172A8/B | DW21В | DW20B; DW23B | 670 | 1795 | 816 | 5378 | 850 | TL |
800/65R32 CHO (30.5LR32) | STANDARD | 178A8/175B | DW27В | DW25В; DH27В | 818 | 1853 | 838 | 5551 | 875 | TL |
900/60R32 CHO | STANDARD | 185A8/182В | DW27В | DW28В; DW30В | 886 | 1910 | 875 | 5775 | 900 | TL |
900/60R32 CHO | STANDARD | 181A8/178B | DW27В | DW28В; DW30В | 886 | 1910 | 875 | 5775 | 900 | TL |
IF710/75R32 CFO | STANDARD | 183A8/B | DW25В | DW23B | 716 | 1879 | 851 | 5653 | 875 | TL |
IF580/80R34 CFO | STANDARD | 177D | DW20В; DW20A | DW21A; DW21В | 586 | 1792 | 810 | 5422 | 850 | TL |
IF710/75R34 CFO | STANDARD | 184A8/B | DW25В | 716 | 1930 | 870 | 5852 | 900 | TL | |
520/85R42 | STANDARD | 168D | DW16L | W15L; DW15L; DD16L; W16L; DD18L; DW18L; W18L | 516 | 1951 | 890 | 5851 | 925 | TL |