FAD ASSALI kompaniyasi – o'qlar, yarim o'qlar, ressor balansirlari, osmalar va qishloq xo'jaligi va sanoatga jalb etilgan tirkamali texnikalar uchun boshqa butlovchi qismlarning taniqli italiyalik ishlab chiqaruvchisi.
2010-yilning 31-avgustida 60-yillarda Ferdinando Pasotti tomonidan tashkil etilgan va 2000-yilda GKNga sotilgan FAD ASSALI kompaniyasi uning qizi, kompaniyaning hozirgi prezidenti Gabriella tomonidan sotib olingan bo'lib, u katta mamnuniyat bilan "FAD o'qlari uyiga qaytdi", -deb ayta oladi.
FAD ASSALI tirkama va boshqa texnikalar uchun o'qlar va osmalarni ishlab chiqargan holda qishloq xo'jaligi va sanoat bozorlarida ishlaydi. FAD ASSALI jipslashgan va umumiy maqsadlari asosida birlashgan jamoa, eng yangi texnologiyalardan foydalanish va yuqori sifatli mahsulotlar tufayli o'z tarmog'ida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Kompaniya doimiy ravishda innovatsion yechimlarni izlashda bo'lib, mijozlar talablariga alohida e'tibor beradi.
Leonessa Group
2010-yildan boshlab FAD ASSALI Leonessa Group tarkibiga qaytdi. Bugungi kunda Leonessa guruhining bir qismi bo'lish har doim yuqori sifatli mahsulotlarning innovatsion assortimentini taklif qilgan holda mijozlarning har qanday ehtiyojlarini qondirishga e'tibor berishga asoslangan yondashuvni baham ko'rishni anglatadi.
Atrof muhit
Mijozlarga hurmat. Atrof-muhitga hurmat. Mahsulotlar va jarayonlarni takomillashtirish. Bu kompaniya o'z faoliyatining boshidanoq amal qiladigan qoidalar. Jiddiy investitsiyalar va mijozlar bilan ochiq muloqotni o'z ichiga olgan ushbu qoidalarga rioya qilgan holda, kompaniya turli sifat sertifikatlari bilan tasdiqlangan noyob ish jarayonlarini yaratdi. 1996-yildan boshlab kompaniya ISO 9001 standarti bo'yicha sertifikatlanadi.
ISO 14001 sertifikatlanishi kompaniyaning atrof-muhitni muhofaza qilish majburiyatlarining jiddiyligini tasdiqlaydi. Xususan, ishlab chiqarishda ishlatiladigan suvga asoslangan bo'yoqlardan foydalanish sog'lom ish muhitini ta'minlagan holda ifloslangan materiallar va chiqindilarni (masalan, bo'yoq qoldiqlari) sezilarli darajada kamaytiradi.
Texnologiyalar, tadqiqotlar va ishlanmalar
FAD ASSALI tadqiqot jamoasining harakatlantiruvchi kuchi mahsulot assortimentiga innovatsiyalarni doimiy tadbiq etish ustida ishlayotgan malakali xodimlar hisoblanadi. Kontseptsiyadan tortib to ishlab chiqarishgacha bo'lgan har bir mahsulot eng zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi va prototiplardagi sinovlar bilan tekshiriladi.
FAD ASSALI tadqiqot jamoasining harakatlantiruvchi kuchi mahsulot assortimentiga innovatsiyalarni doimiy tadbiq etish ustida ishlayotgan malakali xodimlar hisoblanadi. Kontseptsiyadan tortib to ishlab chiqarishgacha bo'lgan har bir mahsulot eng zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi va prototiplardagi sinovlar bilan tekshiriladi.
FAD tormozlarining barcha assortimenti ular ishlatiladigan turli mamlakatlarning ko'rsatmalariga muvofiq sertifikatlangan va ma'qullangan. Transport vositalarining ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda ham sinov stendlarida, ham dala sharoitlarida doimiy tadqiqotlar va sinovlar kompaniyaga bozorda tavsifnomalari o'rtachadan yuqori bo'lgan va ba'zi hollarda bozorda eng yaxshi deb hisoblanishi mumkin bo'lgan tormoz o'qlarini taklif qilish imkonini beradi.
FAD ASSALI SIDRA® osmalari –yo'l va dalada har qanday vazifalar uchun innovatsiyaviy yechim.
Dinamik barqarorlik: FAD ASSALI SIDRA® tizimi tirkamani boshqarishning yaxshilangan tavsifnomalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo'lib, siz yo'l bo'yicha yoki yo'lsiz joy bo'yicha harakatlanishingizdan qat'i nazar, haydashdan noyob his-tuyg'ularni ta'minlaydi. Gidravlik tsilindrlarning mustaqil to'plami tufayli tizim transport vositasi harakatlanadigan ish yuzasidagi notekisliklarga bir zumda moslasha oladi.
Yoqilg'ining pasaygan sarfi: mufta orqali traktorga pasaygan yuklama mashinaning dalada ancha ohista harakatlanishini ta'minlaydi. Traktor dvigatelidan kamroq quvvat talab qilinadi, bu esa yoqilg'i sarfining kamayishi va haydashdan his-tuyg'ularning yaxshilanishiga olib keladi.
O'rnatish oddiyligi: tizimning qo'shimcha afzalliklaridan biri o'rnatishning oddiyligi hisoblanadi. Tirkama ramasiga mahkamlash uchun faqat bir nechta boltlar kerak bo'ladi, bu esa yig'ishda vaqt va mablag'larni tejaydi. Muqobil variantda osmani ramaga osongina payvandlash mumkin.
Maksimal moslashuvchanlik: barcha SIDRA® modullari bittali, tandemli yoki uch o'qli konfiguratsiyaga ega tirkama uchun osongina birlashtirilishi mumkin bo'lgan mahkamlab qo'yilgan/ boshqariladigan aylanadigan o'qlar yoki avtomatik/ majburiy rul boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan. Shuningdek so'rov bo'yicha qo'llash turi va ishlatiladigan shinalar, shuningdek maxsus tirkamalar uchun moslashtirilgan versiyalarga bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin bo'lgan g'ildirak izining har xil kengligi uchun tizimlar mavjud.
FAD ASSALI assortimentining to'liq ma'lumotlari va o'qlar, yarim o'qlar, osma va boshqa butlovchi qismlarni tanlash bo'yicha texnik yordam uchun iltimos, "Ishlab chiqaruvchilar bilan ishlash bo'limi (OEM)" ga murojaat qiling.