Volya kompaniyasi Yevropa g‘ildiraklar va g‘ildirak tizimlari ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, texnikangizning samaradorligi va unumdorligini oshirish uchun keng turdagi mahsulotlar taklif etadi.
Volya g‘ildiraklarining afzalliklari
1. G‘ildiraklarni tez tayyorlash muddati - buyurtma olingan kundan boshlab 2 haftagacha
2. G‘ildirak chizmasini tezkor tayyorlash muddati - so‘rov olingan paytdan boshlab 4 soat ichida
Juda zarur hollarda chizma 2 soat ichida tayyorlanishi mumkin.
3. Metallning oshirilgan qalinligi
Barcha g‘ildiraklar yuqori mustahkamlikka ega, 6 dan 25 mm gacha, ba’zi hollarda 30 mm gacha qalinlikdagi metall ishlatiladi.
4. Yuqori sifatli po‘lat markasi
Maksimal mustahkamlikni ta’minlovchi yuqori sifatli S355J2 po‘lati qo‘llaniladi. Gardishlar ETRTO standarti bo‘yicha ishlab chiqarilgan.
5. Eng zamonaviy uskunalar
Lazerli kesish dastgohi 0,02 mm aniqlikni ta’minlaydi. Payvandlash uskunalari chokning yuqori sifatini kafolatlaydi.
6. Yuqori aniqlikdagi kukunli bo‘yash
Zamonaviy kukunli bo‘yash uskunasi bo‘yoqni aniq va bir tekis qoplashni ta’minlaydi. Faqat sertifikatlangan bo‘yoq ishlatiladi.
7. Lak-bo‘yoq qoplamasining bir tekisligi
Bo‘yoqning qalinligi va bir tekisligi tirnalish va zangdan ishonchli himoyani ta’minlaydi.
8. Raqobatbardosh narx
9. Mahsulotga 2 yillik kafolat
Shikoyat bo‘yicha tezkor almashtirish. G‘ildirak nosoz bo‘lgan taqdirda, yangisi 2-3 kun ichida tayyorlanadi.
Kompaniya mahsulotlari ro‘yxati:
- Qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun asosiy g‘ildiraklar (standart va tor) buyurtma asosida (12 dyuymdan 54 dyuymgacha);
- Tuproqqa bosimni kamaytirish va mashinaning o‘tish qobiliyatini oshirish uchun qo‘shaloq g‘ildiraklar tizimi (standart va tor) (28 dyuymdan 42 dyuymgacha);
- Qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ART g‘ildiraklar (24 dyuymdan 42 dyuymgacha).
Standart asosiy g‘ildiraklar
Standart qishloq xo‘jaligi g‘ildiraklari tuproqqa tushadigan bosimni kamaytirish va foydalanish samaradorligi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi. Bu ularni ko‘plab turdagi qishloq xo‘jaligi uskunalari uchun mos qiladi. Yuqori sifatli po‘latdan (S355J2) tayyorlangan bu g‘ildiraklar qishloq xo‘jaligi ishlarining og‘ir sharoitlariga bardosh berib, ishonchli ishlash va uzoq muddat xizmat qilishni ta’minlaydi. G‘ildiraklarning ko‘p qirrali bo‘lishi ularni turli qishloq xo‘jaligi texnikalarida qo‘llash imkonini beradi. Bu esa ularni unumdorlikni oshirish uchun amaliy tanlovga aylantiradi.
Afzalliklar:
- Qishloq xo‘jaligini yuritishning umumiy usullari uchun mos bo‘lib, yuqori unumdorlikni ta’minlaydi;
- O‘simliklarning sog‘lom o‘sishiga yordam beradigan muvozanatli tuproq zichligi;
- Minimal zarur sozlamalar bilan samarali ishlash;
- Turli xil qishloq xo‘jaligi texnikalarida foydalanishning ko‘p qirraliligi va qulayligi.
Tor asosiy g‘ildiraklar
Qator oralari 350 mm, 450 mm, 500 mm, 560 mm, 700 mm, 860 mm, 900 mm bo‘lgan chopiq ekinlarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan tor g‘ildiraklar ekin qatorlari orasida xavfsiz harakatlanish zarurligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Ular tuproqning zichlanishini kamaytiradi va o‘simliklarni asraydi.
Afzalliklar:
- Qator oralarida o‘simliklarga zarar yetkazmasdan ishlash;
- Purkagich bilan texnologik yo‘lda ishlash;
- Hosildorlikni oshirish;
- Tizimning qismlarga ajraladigan tuzilishi g‘ildiraklarni turli holatlarda o‘rnatish va bir traktorning o‘zida 2-6 qatorda ishlash imkonini beradi.
Juftlangan g‘ildiraklar tizimi
"SDT" standart juftlangan g‘ildiraklar tizimi
Umumiy dehqonchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishonchli va samarali ishlashni ta’minlaydi. O‘tuvchi quvurli mustahkam konstruksiya tuproqning zichlanishini kamaytirib, o‘simliklarning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. Oddiy o‘rnatish jarayoni g‘ildiraklarning og‘ir qishloq xo‘jaligi uskunalarini mukammal boshqarishini kafolatlaydi.
SD "LOCKS" standart juft g‘ildiraklar tizimi
Zamonaviy qishloq xo‘jaligi uchun foydalanishi oson qulf mexanizmli ishonchli yechim. U barqaror va ishonchli ulanishni ta’minlaydi, shu sababli uskunani kundalik sozlash uchun qulay hisoblanadi. Bu tizimlarning o‘rnatish qulayligi, ishonchli ishlashi va ko‘p qirraliligi zamonaviy qishloq xo‘jaligining eng yuqori talablariga to‘liq javob beradi.
Juft tor g‘ildiraklar tizimlari
Ular tuproqqa bo‘ladigan bosimni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, bu tuproqning zichlanishini kamaytirishga yordam beradi hamda o‘simliklarning o‘sishi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun qulay muhit yaratadi.
Keng qamrovli qurollar bilan ishlayotganda g‘ildiraklarning shataksirashining oldini oladi, chunki tuproqning shinalar bilan aloqasini 1,2-1,8 barobar oshiradi, bu esa yakka g‘ildirakka nisbatan yoqilg‘ini 20% gacha tejashni ta’minlaydi.
Yumshoq tuproqlarda o‘tuvchanlik va barqarorlikni oshiradi.
Universal tor g‘ildiraklar tizimlari
Universal tor g‘ildiraklar tizimi to‘rttagacha - 450 mm dan 900 mm gacha bo‘lgan qator oralig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa turli qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berish uchun juda mos keladi. Bir xil g‘ildiraklardan foydalanib, qator oralig‘i 450 mm bo‘lgan qand lavlagini ekishdan qator oralig‘i 700 mm bo‘lgan makkajo‘xori va qator oralig‘i 750 mm bo‘lgan kungaboqar ekishga o‘tish imkoniyatini beradi.
Universallik turli ekinlarga ishlov berishni osonlashtiradi, bekor turish vaqtini qisqartiradi va mahsuldorlikni oshiradi.
ART g‘ildiraklar
Volya kompaniyasi mashhur traktor markalari uchun ART g‘ildiraklar seriyasini ishlab chiqardi. Bu noyob g‘ildiraklar oddiy qishloq xo‘jaligi g‘ildiraklarining barcha texnik talablariga to‘liq javob beradi. Bundan tashqari, ular EUWA ES 3.12 (maxsus g‘ildirak mustahkamligi sinovi) bo‘yicha 3-guruhda (og‘ir texnikaga mos keladigan toifa - traktorlar, kombaynlar, qurilish mashinalari) 1,0*105 sikl (g‘ildirak buzilmasdan bardosh berishi kerak bo‘lgan 100 000 sikl yuklanish) mustahkamlik standartidan ham yuqori ko‘rsatkichga ega.
ART g‘ildiraklar har bir traktorga o‘ziga xos ko‘rinish beradi!
Kelishilgan holda O'zbekiston yetkazib berish:
- yer usti transportida – 1,5 oy
- samolyotda – 2 hafta
Batafsil ma’lumot olish uchun sotish bo‘limimizga murojaat qiling.