Hurmatli hamkasblar, hamkorlar va mijozlar!
Sizni 25–27-noyabr kunlari Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadigan AgroExpo Uzbekistan 2026 xalqaro ko‘rgazmasida Bohnenkamp stendiga tashrif buyurishga taklif etamiz.
Bu yil ko‘rgazmada ketma-ket beshinchi bor ishtirok etamiz. Stendimizda qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun shinalar, g‘ildirak disklari va qo‘sh g‘ildirak tizimlari, shuningdek, yuk avtomobillari va ombor yuklagichlari uchun shinalarni namoyish etamiz.
Qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun
Ekspozitsiyada BKT AGRIMAX RT 855 traktor shinalari, jumladan, diskka o‘rnatilgan tayyor g‘ildirak hamda kichik traktorlar uchun BKT TF 9090 shinalari taqdim etiladi. Shuningdek, Volya g‘ildirak disklari va qator oralari ishlovida qo‘llaniladigan BKT AGRIMAX RT 955 shinalari bilan jihozlangan qo‘sh g‘ildirak tizimini namoyish etamiz. Qishloq xo‘jaligi shinalari uchun Nexen kameralari ham stendimizdan o‘rin oladi.
Yuk avtomobillari uchun
Avtomobil yo‘llarida yuk tashish uchun mo‘ljallangan Rovelo RAR7-WB shinasini 385/65R22.5 o‘lchamda taqdim etamiz.
Ombor texnikasi uchun
Tashrif buyuruvchilar vilkali yuklagichlar uchun ATire RunnerSolid yaxlit rezina shinalari bilan tanishishlari mumkin. Stendda standart variantlar bilan birga pol qoplamasida iz qoldirmaydigan oq rangli Non Marking shinasi ham namoyish etiladi.
Mutaxassislarimiz texnikangiz va undan foydalanish sharoitlariga mos shina hamda disklarni tanlashda yordam beradi, mahsulotlar assortimenti haqida ma’lumot taqdim etadi va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Sizni 2026-yil 25–27-noyabr kunlari kutamiz!
1-pavilon, B17 stendi
«O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107.