"AgroExpo Uzbekistan 2025" ko‘rgazmasidagi Bohnenkamp stendiga tashrif buyurishga taklif etamiz

21.11.2025

Hurmatli hamkasblar, hamkorlar va mijozlar!

Sizni "AgroExpo Uzbekistan 2025" xalqaro ko‘rgazmasidagi stendimizga tashrif buyurishga taklif etamiz. Ko‘rgazma 2025-yilning 26-28-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

"Uzexpomarkaz"ga tashrifingizdan xursand bolamiz. (A. Temur shox kochasi, 107)

Bohnenkamp stendida asosiy mahsulotlarimiz va yangiliklarimiz namoyish etiladi:

Qishloq xo‘jaligi yechimlari

Maxsus shinalar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi bo‘lgan nufuzli Hindiston kompaniyasi BKT mahsulotlari taqdim etiladi:

·      Traktorlar uchun BKT AGRIMAX RT 855 shinasi (o‘lchami 520/85 R38).
·      Mini-traktorlar va tirkamalar uchun BKT TF 9090 shinasi (9.00-16).
·      Janubiy Koreya Nexen kompaniyasining kamerasi (TR218A modeli).

Yangi strategik hamkorlar

Shuningdek, Yevropaning yetakchi disk va g‘ildirak tizimlari ishlab chiqaruvchisi Volya bilan hamkorligimiz boshlanganini e’lon qilishdan mamnunmiz.

Yuk shinalari segmentidagi yangilik

Ilk bor sizga Rovelo yuk shinalari turkumini taqdim etamiz. Bu shinalar dunyoga mashhur Sailun Groupning zamonaviy zavodlarida eng ilg‘or texnologiyalar va qat’iy sifat nazorati asosida ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilmoqda.

Sizni kutamiz:
1-pavilon, B72 stendi

Sahifa topilmadi